Gurlan tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi 20-sonini tingladilar. O‘quv soati davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuz berayotgan dolzarb siyosiy jarayonlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi, davlat xizmatchilarining siyosiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.