MA’LUMOT
Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil PQ – 4354 qaroriga muofiq Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazi 2019 yil 1 noyabrdan tashkil topdi va 22.5 shtat birligiga ega. 2020 yil tuman xokimligi tomonidan 440 000 000 mablag‘ hisobiga joriy ta’mirlandi, kutubxonada kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilib zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlandi. Keng va yorug‘ o‘quv xonasi va kitobxonlar uchun elektron zaliga ega. Umumiy kitob fondi 213 000dan ziyod adabiyotlardan iborat, har yili mahalliy byudjet hisobidan kitobxonlar so‘rovnomasi asosida yangi adabiyotlar xarid qilinmoqda. Aholi o‘rtasida kitobxonlik keng targ‘ib qilish maqsadida chekka – chekka qishloqlarda 5 ta ko‘chma kutubxona tashkil qilingan. Axborot – kutubxona maarkazida har – xil turdagi ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik tanlovlari, yozuvchi va ijodkorlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ijodkor va kitobxon o‘quvchilarimiz kitobxonlik tanlovlarida tuman, viloyat, respublika bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Kutubxona xodimlari ham 2021 yil “Eng yaxshi axborot – kutubxona markazi mutaxasisi” tanlovida faxrli I – o‘rinni, respublika bosqichida faxrli III – o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Kitobxonlarimizning 70 % ini yoshlar tashkil qiladi. 18000 dan ziyod kitobxonga xizmat qiladi.2022 yil maxalliy byudjetimizdan 19.500 000 so‘mlik 681 ta kitob olindi.
Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazi Gurlan tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasi – 72 uyda joylashgan, umumiy foydalinish maydoni 752,51m.kvni tashkil qiladi. Bino 1992 yil qurilgan, kutubxona balansida. Axborot – kutubxona markazida 23,5 shtat birligida 27 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Umumiy fondi 214446 nusxani, shundan 153131 nusxa badiiy adabiyotlar, lotin grafikasida 2395 nusxada, o‘zbek tilidagi adabiyotlar 80367 nusxani tashkil qiladi. Axborot – kutubxona markaziga 2021 yilda 10 mln so‘mga 506 nusxada, 2022 yilda 20 mlnga 683 nusxada kitob sotib olingan. 2023 yil uchun 13 nomda 7 mln so‘mlik obuna tashkil qilindi.