Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish maqsadida Gurlan tuman axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 3 – maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kitob bilan nurli kelajak” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va targ‘iboti o‘tkazildi. Ushbu targ‘ibot davomida o‘quvchilarga yoshiga mos badiiy adabiyotlar, ertak kitoblar tavsiya etilib, yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbatlar olib borildi. Targ‘ibotni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalarning ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni mutolaaga qiziqtirish va kitobga mehr uyg‘otishdan iborat.