Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan ijodkorlardan biri — Gavhar Ibodullaeva hisoblanadi. Uning she’riyatida Vatanga muhabbat, inson qalbi, ayol ma’naviyati, milliy qadriyatlar, ona obrazi va ezgulik g‘oyalari alohida o‘rin tutadi. Shoira Gavhar Ibodullayeva tavalludining 65 yilligi munosabati bilan Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazi va 30 – maktab bilan hamkorlikda mushoira klubi a’zolari ishtirokida “Ma'naviyat va she'riyat kuychisi" mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Axborot – kutubxona bibliografiya xizmati tomonidan shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlab uslubiy-metodik qo‘llanma tayyorlandi va o‘quvchilarni qo ‘llanmadagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Mushoira klubi a’zolari shoira ijodidan namunalar keltirishdi. Bunday tadbirlarni o ‘tkazishdan asosiy maqsad shoiraning hayoti va ijodini targ‘ib qilish, yoshlar qalbida adabiyot va she’riyatga muhabbat uyg‘otishdan iborat.