Kutubxonaga sayohat — ma’naviyatga qadam <br />Gurlan tuman 4 - maktabining 3 - sinf o‘quvchilari ustozi boshchiligida Gurlan tuman axborot – kutubxona markaziga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxonada o‘quvchilar rasmiy a’zo bo‘lib, turli yo‘nalishdagi yangi va qiziqarli bolalar adabiyotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu tashrif o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlash va bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni kitobga oshno etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.