Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniylar” jamg‘armasi a’zolari, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmasiga qarashli umumta’lim maktab o‘quvchilari, Gurlan tuman Madaniyat markazi bilan hamkorlikda VI Respublika kitobxonlik haftaligining ochilish marosimiga bag‘ishlab “Ma’rifat yo‘li kitobdan boshlanadi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haftalik — bilim, ma’rifat va kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim tadbirlardan biridir. Haftalik davomida turli tanlovlar, uchrashuvlar, kitob ko‘rgazmalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Biz, yosh kitobxonlar, bugungi tadbirda qatnashishdan asosiy maqsadimiz — kitobga bo‘lgan mehrimizni yanada oshirish, bilimimizni boyitish va o‘zimizni har tomonlama rivojlantirishdir. Tadbirda tumanimiz ziyoli nuroniylari ham qatnashib, albatta yoshlarimiz ularning boy tajribasidan ilhom olib, kitobga bo‘lgan mehrlarini yanada mustahkamlaydilar.