Gurlan tuman Madaniyat markazida Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazi va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘linmasiga qarashli umumta’lim o‘quvchilari bilan hamkorlikda buyuk sarkarda, davlat arbobi – Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Amir Temur nafaqat o‘z davrining buyuk sarkardasi, balki bugungi avlod uchun ham ibrat maktabidir. Tadbir davomida Axborot – kutubxona mutaxassislari tomonidan Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda boy ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ayniqsa, uning mashur asari — “Temur tuzuklari” kitobi keng targ‘ib qilinib, undagi adolat, tartib-intizom va rahbarlik fazilatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar ishtirok etib, ular tomonidan Sohibqiron haqida she’r, kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar namoyish qildilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarda tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi, kitob mutolaasiga rag‘bat uyg‘otildi.