XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston hududida yuzaga kelgan ma’rifatparvarlik harakati bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni jaholatdan chiqarish, zamonaviy ilm-fanni rivojlantirish va milliy ongni uyg‘otish edi. Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida “Jadidlar izidan” klubi a’zolari bilan birgalikda “Jadidchilik harakati: millat uyg‘onishi va bugungi yoshlar mas’uliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan jadid namoyandalarining hayoti va ijodi taqdimot orqali namoyish qilindi va adabiyotlari bo‘yicha qisqacha sharh berildi. Faol kitobxon yoshlar ham jadid adabiyoti namondalarining asarlari bo‘yicha o‘z fikr – mulohazalarini bildirishdilar. Kitobxonlik — jadidlar merosining yuragi. Kim ko‘p o‘qisa, o‘sha ko‘proq anglaydi, o‘sha jamiyatni o‘zgartira oladi.