• icon+998 93 743 1879
  • icongurlan.kutubxona@mail.ru
  • iconGurlan t. P.Mahmud ko'chasi 72-uy

Yangiliklar

Blog
Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida “Jadidlar izidan” klubi tashkil qilindi.

Yoshlarni jadidchilik harakati tarixi va uning namoyandalari merosi bilan tanishtirish, ularda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik ruhini shakllantirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida “Jadidlar izidan” klubi tashkil qilindi. Klubning asosiy maqsadi milliy qadriyatlar va tarixiy merosga sadoqat ruhini mustahkamlash, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida faoliyat yuritgan jadid ma’rifatparvarlari, jumladan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Cho‘lpon ijodi va g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat. Shuningdek, kutubxona mutaxassislari jadid adabiyoti durdonalari bilan tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirdilar va o‘quvchilar ham jadidlar haqida bilgan ma’lumotlarini bir – birlari bilan fikr almashish orqali bildirdilar.