Gurlan tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli sport maktabidagi ko‘chma kutubxonada "Qatag‘on qurbonlariga hurmat" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ma’naviy tadbirda mustaqilligimiz yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, unda ham yoshlar, ham kattalar faol ishtirok etishdi. Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kattalar orasida tarixiy xotirani yanada mustahkamlashdan iborat bo‘lib, unda jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va faoliyatini yorituvchi nodir manbalar hamda badiiy asarlar barcha avlod vakillari uchun birdek qiziqarli va mazmunli namoyish etildi.