• icon+998 93 743 1879
  • icongurlan.kutubxona@mail.ru
  • iconGurlan t. P.Mahmud ko'chasi 72-uy

Yangiliklar

Blog
“Qatag‘on qurbonlariga hurmat” mavzusida kitob ko‘rgazmasi

Gurlan tuman Axborot-kutubxona markaziga qarashli Sovunchi mahallasida joylashgan ko‘chma kutubxonada Vazirlar Mahkamasining 691-son qarori ijrosi doirasida “Qatag‘on qurbonlariga hurmat” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati va jadidlar merosini yorituvchi tarixiy-badiiy adabiyotlar namoyish etilib, ularning pok nomlarini tiklash va yosh avlodga yetkazish asosiy e'tibor markazida bo‘ldi. Mazkur tadbir millat xotirasini asrash va o‘tmish haqiqatini targ‘ib qilishga qaratilgan.