• icon+998 93 743 1879
  • icongurlan.kutubxona@mail.ru
  • iconGurlan t. P.Mahmud ko'chasi 72-uy

Yangiliklar

Blog
Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida “Kitobxonlar fotogaleriyasi” tashkil qilindi.

<p>Kitobxonlik madaniyatini targ&lsquo;ib qilish, faol kitobxonlarni rag&lsquo;batlantirish, yoshlar va keng jamoatchilikni kitob o&lsquo;qishga jalb etish hamda kutubxona hayotida faol ishtirok etayotgan kitobxonlarni ommaga tanishtirish maqsadida Gurlan tuman Axborot &ndash; kutubxona markazida &ldquo;Kitobxonlar fotogaleriyasi&rdquo; tashkil qilindi. Rasmli ko&lsquo;rgazmaga kutubxonaga muntazam tashrif buyuruvchi, kitob mutolaasiga qiziqqan, turli tanlov va tadbirlarda faol qatnashib kelayotgan kitobxonlarning fotosuratlari joylashtirildi. Mazkur rasmli ko&lsquo;rgazma kitobxonlar o&lsquo;rtasida sog&lsquo;lom raqobat muhitini yaratadi, boshqa tashrif buyuruvchilarda ham kitob o&lsquo;qishga qiziqish uyg&lsquo;otadi hamda kutubxonaning ma&rsquo;naviy-ma&rsquo;rifiy maskan sifatidagi nufuzini oshiradi.</p>