Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida ishlar tahlili, bugungi kundagi muvaffaqiyatlari va muammolarni joylarga chiqib o‘rganish hamda aholiga axborot – kutubxona xizmati ko‘rsatishni kun talablariga keltirishga oid masalalarni o‘rganish maqsadida Xorazmda 26 – 27 sentyabr kunlari mintaqaviy semenar tashkil qilindi. 26 – sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. Teshaboyeva va bir guruh Viloyat AKM direktorlari hamda mutaxassislari Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida bo’lishdilar va TAKM ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Gurlan tuman axborot – kutubxona markaziga "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli asarlar majmuasi va Respublika "Kitob karvoni" aksiyasi doirasidagi adabiyot namunalarini taqdim qilishdi.